Tovarlar oldi-sotdisi va umumiy ovqatlanish xizmatlarini distansion usulda – masofadan turib ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzish to’g’risidagi ushbu ommaviy taklif - oferta shartnomasi umumiy ovqatlanish mahsulotlari va boshqa tovarlarni tayyorlash va sotish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish uchun quyidagi muhim shartlarni belgilaydi:
1. Ta’riflar va atamalar
Quyida keltirilgan atamalar va ta’riflar ushbu Oferta shartnomasining maqsadi uchun quyidagi ma’nolarga ega:
1.1. Oferta shartnomasi - Sotuvchining har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, Shartnomada mavjud bo’lgan shartlar, shu jumladan unga ilova qilingan barcha qo’shimchalar bilan oldi-sotdi shartnomasini (bundan keyin matnda – “Shartnoma”) tuzish to’g’risidagi ommaviy taklifi;
1.2. Sotuvchi –«French Pastry» MChJ, yuridik shaxsning (tadbirkorlik subyekti) davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi 15.11.2017 yildagi 552162-raqamli guvohnoma, quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, 100000, Yunusobod tumani, Amir Temur prospekti, 60, www.french-bakery.uz internet-saytida taqdim etilgan Tovarni sotadi.
1.3. Xaridor – www.french-bakery.uz internet-saytida (shu jumladan mobil ilovalar yoki operatorga telefon qo’ng’irog’i orqali) Tovar buyurtma berishni niyat qilgan yoki buyurtmani amalga oshirmoqchi bo’lgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan, faqat shaxsiy, oilaviy, uy bilan bog’liq va boshqa ehtiyojlar uchun umumiy ovqatlanish xizmatlaridan foydalanuvchi, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo’lgan va ushbu Oferta shartnomasida (bundan keyin – “Shartlar”) bayon qilingan shartlarga muvofiq tovarlarni sotib olish va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatishga rozi bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs);
1.4. Sotuvchining Internet xizmatlari – Sayt, Mobil ilova, Telegram-bot;
1.5. Sayt - Sotuvchining mahsuloti va xizmatlariga oid ma’lumotlarni Internet tarmoqlarida https:// paul.uz / manzili bo’yicha texnik aloqa vositalari orqali https://www.french-bakery.uz domeni nomi ostida Internet-resurs saytida chop etilishini ta’minlovchi kompyuter dasturlari to’plami.
1.6. Mobil ilova - GoogleMarket va AppStore-ga joylashtirilgan iOS va Android platformalarida smartfon va planshetlarda ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minot. Mobil ilova uchun qo’llab-quvvatlovchi platforma versiyalari Sotuvchi tomonidan bir tomonlama tartibda belgilanadi.
1.7. Telegram-bot - Telegram messenjeri bazasi asosida @ paul.uz foydalanuvchi nomi bilan ishlaydigan dasturiy ta’minot (bot);
1.8. Call - markaz – murojaatlar (qo’ng’iroqlar), shu jumladan axborotni qo’llab-quvvatlash va + 998 95 177-18-89, + 998 71 200-18-89 telefon raqamlari, Sayt yoki Mobil ilovadagi Buyurtmaning elektron shakli orqali ovozli kanallar bo’yicha mijozlarning buyurtmalarini rasmiylashtirish, qaytadan ishlash markazi. Buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash Call-markaz operatorlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash tartibi soat 8:00 daqiqadan soat 22:00 daqiqagacha.
1.9. Tovar – www.french-bakery.uz sayti va Mobil ilovada taqdim etilgan assortimentga muvofiq mahsulotlar;
1.10. Buyurtma –Sotuvchining veb-saytida Xaridor tomonidan tanlangan va Mobil ilova yoki Saytda ko’rsatilgan telefonlar orqali buyurtma qilingan, Xaridor tomonidan ko’rsatilgan manzil bo’yicha yetkazib berish rasmiylashtirilgan Tovarlar assortimenti ro’yxatidan olingan alohida mahsulotlar;
1.11. Yetkazib berish xizmati – Sotuvchining xodimlari yoki Sotuvchi topshirig’iga ko’ra Tovarlarni yetkazib berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi uchinchi shaxslar;
1.12. Tovarlarni berish punkti - «PAUL» novvoyxonasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur prospekti, 60, ish tartibi: soat 8:00 daqiqadan soat 22:00 daqiqagacha.
1.13. Tovarlarni yetkazib berish zonasi – Toshkent shahar hududi.
Ushbu Oferta shartnomasida ushbu bo’limda belgilanmagan boshqa atamalardan foydalanish mumkin. Bunday holda, bunday atamani talqin qilish Oferta shartnomasi matniga muvofiq amalga oshiriladi. Matnda atamaning bir ma’nodagi talqini mavjud bo’lmagan hollarda, Saytda belgilangan atamani talqin qilish va shu jumladan uning tartibga solinmagan qismida O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilish kerak bo’ladi.
2. Umumiy qoidalar
2.1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (bundan keyin – O’zbekiston Respublikasi FK) 367, 369-moddalariga muvofiq ushbu hujjat – tovarlarning chakana oldi-sotdisi va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko’rsatish va ularni Sotuvchi tomonidan Xaridorga yetkazib berish to’g’risidagi Oferta – taklif sharnomasi hisoblanadi. Xaridor ushbu Shartlar bilan tanishib chiqqach, ularga qo’shiladi va ushbu Shartlarda ko’rsatilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan ularga o’z roziligini bildiradi.
2.2. Sotuvchining barcha mavjud (amalda ishlaydigan) servis xizmatlari (xizmatlari), shuningdek kelgusida yuzaga keladigan keyingi barcha o’zgartirish va qo’shimcha xizmatlar (xizmatlar) ushbu Shartlarga bo’ysunadi.
2.3. Xaridor va Sotuvchi o’rtasida kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalari, O’zbekiston Respublikasining 26.04.1996 yildagi № 221-I sonli “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”, 29.04.2004 yildagi № 613-II –sonli “Elektron tijorat to’g’risida”gi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2003 yildagi № 75-sonli “ O’zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O’zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori, Elektron tijoratni amalga oshirish Qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2016 yildagi № 185-sonli Qaroriga 1-Ilova) va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2.3. Aktsept - bu Sotuvchi tomonidan Xaridorning Sotuvchi tomonidan taklif qilingan shartlar asosida tovarlarni sotib olish niyati tasdiqlanganligini qabul qilib, shartnoma tuzish haqida bergan roziligidir, u ushbu Shartlarga rozi bo’ladi, ularni qabul qiladi va quyida sanab o’tilgan bir yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish orqali ushbu Taklif - Oferta shartnomasi shartlariga qo’shilganligiga roziligini bildiradi:
- Veb-sayt, Mobil ilova va Telegram bot-da Buyurtmani rasmiylashtirishning so’nggi bosqichida “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosish orqali,
- Saytda mustaqil ro’yxatdan o’tish orqali,
- Call-markaz orqali telefon bo’yicha Buyurtmani tasdiqlash orqali.
2.4. Xaridor tomonidan Sotuvchining Internet-xizmatlarida rasmiylashtirilgan Tovar Buyurtmasi, Sotuvchi va Xaridor o’rtasida tuzilgan Shartnomaning tasdig’i hisoblanadi.
2.5. Buyurtma qilingan tovarlarga egalik huquqi Xaridorga tovar haqiqatan berilgan paytdan boshlab va Tovarning so’nggi to’liq qiymati to’langandan keyin o’tadi. Tovarga zarar yetkazish xavfi, Xaridorga haqiqatan tovarni topshirish paytidan boshlab Xaridorga o’tadi. Nakladnoy – yukka qo’shib berilgan hujjatga imzo chekar ekan, Xaridor tovar to’liq qabul qilinganligini tasdiqlaydi.
2.6. Ushbu Shartlarni qabul qilish orqali Xaridor o’zining shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan: ismi, yetkazib berish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzilini qaytadan ishlashga ruxsat beradi va o’z roziligini tasdiqlaydi. Ushbu Shartlardagi shaxsiy ma’lumotlarni qaytadan ishlash deganda quyidagilar tushuniladi: yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarni to’plash, ularni tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, bloklab qo’yish, yo’q qilish, ushbu Shartnoma bajarilishi bilan bog’liq maqsadlarda, aynan: marketing tadbirlari va tadqiqotlari o’tkazish, Tovarni yetkazib berish, reklama aksiyalarida uchinchi shaxslarga berish.
2.7. Ushbu Shartlarni qabul qilar ekan, Xaridor Sotuvchi va uning xizmatchilariga Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, shuningdek boshqa dasturiy va texnik vositalar yordamida qayta ishlashga rozilik beradi va ruxsat etadi, sms-xabarlarni qabul qilish, marketing aksiyalari va tadbirlarida qatnashish, shuningdek reklama xabarlarini olishga roziligini ifodalaydi.
2.8. Sotuvchi Xaridor tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, ularni nusxalash, tarqatishdan himoya qilish majburiyatini zimmasiga oladi. Xaridor istalgan vaqtda Sotuvchiga +998 95 1771889, + 998 71 200-18-89 telefonlari orqali qo’ng’iroq qilib, ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili, shuningdek yetkazib berish manzili yoki elektron ko’rinishdagi : paul.uzbekistan@gmail.com manzil bo’yicha xabarnoma yuborish orqali o’z shaxsiy ma’lumotlari ro’yxatini so’rash va / yoki o’z shaxsiy ma’lumotlarini o’zgartirish, blokirovka qilish yoki yo’q qilishni talab qilish huquqiga ega.
2.9. Sotuvchi tomonidan aksiyalar o’tkazilgan hollarda, Xaridor zarurat tug’ilganda o’z shaxsiy ma’lumotlarini Sotuvchining xodimlariga shaxsan yoki elektron pochta orqali \ telegramm yoki boshqa aloqa kanali orqali taqdim etishi kerak, bu esa Xaridorning o’z shaxsiy ma’lumotlarini qaytadan ishlash va ushbu Taklif – Oferta shartnomasiga to’liq roziligini tasdiqlaydi.
2.10. Sotuvchi ushbu Shartlarni istalgan vaqtda Xaridorlarga bildirishnoma yuborib, hamda ogohlantirmasdan (o’zgartirishlarning jiddiyligiga bog’liq holda) o’zgartirish yoki qo’shimcha qilish huquqiga ega. Taklif – Oferta shartnomasining amaldagi reaksiyasi har doim Sotuvchining veb-saytida joylashtirilgan bo’ladi. Sotuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning mazmuni va aniqligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
2.11. Yuqorida aytib o’tilganlarga asoslanib, Xaridor ushbu Taklif –Oferta shartnomasi matni bilan diqqat bilan tanishib chiqishi kerak va agar u biron bir shartga rozi bo’lmasa, unga og’zaki yoki yozma shaklda Sotuvchi xodimlariga bahsli punktlar to’g’risida xabar berish yoki Sotuvchi tomonidan taqdim etilgan Tovarlarni sotib olishni rad etish taklif etiladi.
2.12. Internet xizmatlari Sotuvchining mulki hisoblanadi va tovarlarni Internet tarmog’i orqali distantsion – masofadan turib sotish usulini tashkil etish uchun mo'ljallangan bo’ladi.
3. Buyurtmani rasmiylashtirish
3.1. Buyurtma Xaridor tomonidan quyidagi usullardan biri bilan rasmiylashtirilishi mumkin:
- Saytda Buyurtmaning elektron shaklini rasmiylastirish orqali;
- Buyurtmani Call – markaz yordamida joylashtirish orqali;
- Buyurtmaning elektron shaklini Mobil ilovada rasmiylashtirish orqali;
- Telegram-bot yordamida.
3.2. Buyurtmani Sotuvchining Internet-xizmatlari orqali rasmiylashtirishda, Xaridor ushbu Shartlar bilan tanishganligini tasdiqlaydi va Sotuvchiga Buyurtmani tegishli tarzda rasmiylashtirish va bajarish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etadi.
3.3. Xaridor tomonidan Buyurtmani Mobil ilova, Telegram-bot yoki Sayt yordamida rasmiylashtirish uchun “Menyu” bo’limidan kerakli tovarni tanlash, Tovar miqdorini aniqlash va Tovarlarni savatga qo’shishingiz kerak. Ikki yoki undan ortiq Tovarlarga buyurtma berishda har bir tovar uchun tavsiflangan operatsiyalar takrorlanishi kerak. Keyin “Savat” bo'limiga o’tishingiz kerak, “Savat”da buyurtma berilayotgan Tovar miqdori va ro’yxatini tekshirish (zarurat tug’ilganda tegishli ma’lumotlarni o’zgartirish), keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosish kerak. Ochilgan sahifada shaxsiy ma’lumotlarga tegishli bo’lgan to’ldirilishi shart maydonlar, shuningdek Xaridorga yetkazib berish manzilini to’ldiring, yetkazib berish vaqti, buyurtmaning to’lov usulini tanlang va “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosing. “Buyurtmani rasmiylashtirish” va “Buyurtma berish” tugmalarini bosish orqali Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirishni yakunlaydi. Shundan keyin, zarurat tug’ilsa, Sotuvchining xodimlari ko’rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlash yoki Buyurtmani tuzatish maqsadida Xaridor bilan bog’lanishlari mumkin.
3.4. Sotuvchining Internet-xizmatlari orqali Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor quyidagi malumotlarni ko’rsatishi kerak:
-ismi;
-aloqa uchun telefon;
- elektron pochta manzili (xohishiga ko’ra);
- yetkazib berish joyi haqidagi ma’lumotlar (shu jumladan shahar, ko’cha, uy, korpus/bino, xonadon/ofis raqami, yo’lak, qavat, domofon kodi, mo’ljal);
- Buyurtmani oluvchi haqidagi ma’lumotlar;
- sharhlar (zarur bo’lsa);
3.5. Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin, Mijozga Buyurtmaning bajarilish maqomi, shu jumladan Tovarlarni yetkazib berish muddati haqida ma’lumot beriladi.
3.6. Buyurtmalarni yetkazib berish faqat Toshkent shahri hududida, buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida saytda amal qiluvchi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Har kuni: soat 8:00 daqiqadan soat 22:00 daqiqagacha.
Buyurtmani yetkazib berish Xaridor tomonidan ko’rsatilgan “ma’lum bir vaqtda” amalga oshiriladi, biroq Sotuvchi tomonidan Buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab 40 (qirq) daqiqadan ilgari emas. Buyurtma qaytadan ishlanganda, Sotuvchi Xaridorga ishlab chiqarish yuklamasi tufayli Buyurtmani belgilangan vaqtgacha yetkazib berishning imkoniyati yo’qligi to’g’risida xabar berishga haqlidir. Bunday holda, Sotuvchi Xaridor bilan Tovarni yetkazib berishning yangi vaqti to’g’risida kelishib olish yoki Xaridorga tegishli xabarnoma yuborish orqali Buyurtmani bekor qilishga haqlidir.
3.7. Xaridor tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma’lumotlarning mazmuni va to’g’riligi uchun Xaridor javobgar bo’ladi. Agar Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar, shu jumladan noto’g’ri manzil, noto’g’ri telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa ma’lumotlar noaniq ko’rsatilgan bo’lsa, Sotuvchi Buyurtmani bajarishning imkoni yo’qligi ko’rinishidagi ko’rsatib o’tilgan holatlar bilan bog’liq yuzaga kelgan oqibatlar, uni belgilangan manzilga yetkazib berish, Xaridor tomonidan o’zi ko’rsatgan manzilga Buyurtmaning rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatning olinmaganli kabi yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar emas.
3.8. Sotuvchining Internet-xizmatlarida taqdim etilgan barcha axborot materiallari faqat ma’lumot olish uchun mo’ljallangan va elektron qurilma monitorlarining turli texnik xususiyatlari tufayli ular Tovarlarning xossalari va xususiyatlari, shu jumladan rangi, o’lchami va shakli haqida ishonchli ma’lumotlarni to’liq yetkaza olmaydi. Xaridorda Tovarlarning xossalari va xususiyatlariga tegishli bo’lgan savollar yuzaga kelgan hollarda, Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin, kerakli ma’lumotlarni olish uchun Sotuvchining Call- markaziga murojaat qilishi kerak. Katalogdagi Tovar namunalarining fotosuratlari, sxemalar, rasmlar, video tasvirlar Bajaruvchining mulki hisoblanadi. Namunaning har bir tasviri Tovar haqidagi matnli ma’lumotlarga ilova qilinadi.
3.9. Tovarlar tarkibiga allergik reaksiyalar va o’tkazuvchanlik, qattiq og’riqlarni keltirib chiqaradigan ingrediyentlar kiritilgan bo’lishi mumkin. Tovarlarga buyurtma berishda Xaridor,agar mavjud bo’lsa, oziq-ovqat ingrediyentlariga qarshi allergiya to’g’risida xabar berishi shart, aks holda Sotuvchi Xaridorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lmaydi.
3.10. Sotuvchida buyurtma qilingan Tovarlar mavjud bo’lmagan holatlarda (shu jumladan, unga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra), Sotuvchi ushbu Tovarlarni Buyurtmadan chiqarib tashlash va bu haqda Xaridorga bu kabi harakatlar sodir bo’lgan paytdan boshlab 10 daqiqa ichida telefon orqali xabar berishga haqlidir.
4. Tovarlarni yetkazib berish tartibi
4.1. Tovarlarni yetkazib berish quyidagicha amalga oshiriladi:
5.1.1. Хaridor tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirishda ko’rsatilgan haqiqiy manzil bo’yicha yetkazib berish zonasi chegarasi bo’yicha;
5.1.2. Buyurtmani rasmiylashtirishda kelishilgan qabul punktida Tovarlarni berishda o’zi tomonidan olib chiqib ketish yo’li bilan.
Sotuvchi Saytda ko’rsatilgan yetkazib berish muddatlariga rioya qilish uchun butun kuchini beradi, biroq shunga qaramasdan Sotuvchining aybi bilan sodir bo’lgan kutilmagan holatlar tufayli yetkazib berish kechiktirilishi mumkin.
4.2. Xaridorning (yoki u tomonidan belgilangan Oluvchining) belgilangan joyda va yetkazib berish vaqtida bo’lmaslik holatlarida, yetkazib berish xizmati xodimi 10 daqiqa kutadi, so’ngra qaytib ketadi.
4.3. Buyurtmani topshirish quyidagi usulda amalga oshiriladi:
- Xaridor butun Buyurtmaning (assortimentning) to’liq to’plamini va har bir Tovarni alohida tekshirishni o’z zimmasiga oladi;
- Tovarlarga da’volar mavjud bo’lmagan holatlarda, Xaridor yetkazib berish xizmati xodimiga yoki Sotuvchining xodimiga ularning narxi bo’yicha (agar avval to’lov amalga oshirilmagan bo’lsa) pul to’laydi va chekni oladi.
4.4. Tovarlar yetkazib berilmagan holatlarda, ushbu holat yetkazib berish xizmati tomonidan tasdiqlangandan keyin Sotuvchi Xaridorga oldindan narxi to’langan, ammo olinmagan Tovarning qiymatini qoplab beradi.
4.5. Tovar yetkazib berilganda Xaridorga yoki Qabul qiluvchi sifatida ko’rsatilgan shaxsga topshiriladi.
4.6. Narxi oldindan to’langan Tovarni yetkazib berishda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun yetkazib berish xizmati xodimi Qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishga haqlidir.
4.7. Xaridor tomonidan uning aybi bilan Buyurtma kelishilgan muddatda qabul qilib olinmasa, Tovar qiymati va uni yetkazib berish narxi qoplanmaydi. Ushbu holatda pul mablag’lari qaytarilmaydi.
4.8. Sotuvchi Xaridorning Buyurtmani kelishilgan jo’natish vaqtidan kechiktirmay, bu haqda Xaridorni xabardor qilib, Xaridorning o’zgarishlarga roziligini tasdiqlagan holda, Tovarni topshirish vaqtini o’zgartirishga haqlidir. Xaridor buyurtma qilingan xizmat ma’lumotlariga o’zgartirishlar kiritishni rad etishga haqlidir, buning asosida amalga oshirilgan to’lovlar keyinchalik kartaga qaytarib berish sharti bilan xizmatlar bekor qilingan hisoblanadi.
4.9. Toshkent shahri bo’yicha yetkazib berish narxlari:
- 5 km gacha – 10 000 so’m
- 5-7 km – 20 000 so’m
- 7-10 km – 25 000 so’m
- 10-15 km – 30 000 so’m
- 15-20 km – 40 000 so’m
4.10. Buyurtma berishda chegirma va aksiyalar hisoblanmaydi
4.11. Sotuvchi Xaridorga (Qabul qilib oluvchiga) oldindan to’langan yoki kuryerga / Sotuvchi tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxsga (o’zi olib ketish holatlarida) haqiqatan Tovarni yetkazib berish paytida Sotuvchi shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajargan hisoblanadi.
Agar qandaydir kutilmagan holatlar Xaridorga Tovarni olishiga to’sqinlik qilsa, Xaridor Sotuvchi tomonidan buyurtmani qabul qilib olinadigan paytdan boshlab 10 daqiqadan kechiktirmay, Call-markaz operatori bilan telefon orqali bog’lanishi va yetkazib berish vaqti yoki joyini o’zgartirish haqiga kelishib olishi shart. Sotuvchi Xaridorga yetkazib berish vaqti va joyini o’zgartirish sabablarini tushuntirmasdan rad etish va Buyurtmani bekor qilishga haqli.
4.12. Xaridor Sotuvchiga Buyurtma narxini qoplashga majbur, Sotuvchi esa quyidagi asoslarning birortasi bo’yicha chakana oldi-sotdi shartnomasini masofadan turib amalga oshirishni rad etishga haqlidir:
- Xaridor yetkazib berish vaqti va joyini o’zgartirish zarurligi to’g’risida xabar berdi.
- Xaridorga yetkazib berish manzili bo’yicha yetib borgan yetkazib berish xizmati Xodimlari Xaridorning aybi bilan yetkazib berilgan Tovarlarni haqiqatan topshirishni amalga oshira olmaydi (Xaridor 10 daqiqa davomida telefon qo’ng’irog’iga javob bermaydi yoki yetkazib berish xizmatiga eshikni ochmaydi).
- Xaridor Buyurtmani Qabul qilib olish punktidan yetkazib berilgan Tovarni o’zi olib ketish yo’li bilan belgilangan vaqtdan boshlab 20 (yigirma) daqiqa davomida olib ketmaydi;
- Xaridor Tovarlarni yetkazib berish uchun xato / aniq bo’lmagan ma’lumotlarni ko’rsatgan, natijada Tovarni Xaridorga yetkazib berish imkoniyati bo’lmagan.
5. Tovar uchun to’lovni amalga oshirish tartibi
5.1. Xaridor veb-sayt / Mobil ilovada e’lon qilingan narxlarga muvofiq Tovarlarga haq to’laydi. Tovarlarning narxi (qiymati) Buyurtma rasmiylashtirilgan sanadan amal qiladi va Sotuvchi tomonidan istalgan vaqtda o’zgartirilishi mumkin. Tovarlarning narxi (qiymati) Sotuvchi tomonidan Tovarlarga buyurtma berilganidan keyin bir tomonlama tartibda o’zgartirilishi mumkin emas.
5.2. Tovarlarning qiymati O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda belgilanadi va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan barcha soliq va yig’imlarmni o’z ichiga oladi. Yetkazib berish narxi Tovar qiymatiga qo’shilmaydi.
5.3. Tovarga haq to’lash usullari:
Nazorat-kassa mashinalarini qo’llash orqali naqd pul bilan hisob-kitob qilish;
Bank kartalaridan foydalanish orqali UZCARD / HUMO / VISA / MASTER CARD / UNION PAY to’lov terminali yordamida hisob-kitobni amalga oshirish;
«PAYME», «CLICK» to’lov tizimlari orqali hisob-kitob qilish.
Shu bilan birga, Sotuvchi texnik nosozliklar, to’lov terminallari ishidagi uzilishlar yoki ko’rsatilgan punktlardagi to’lov tizimi (shu jumladan, bank kartalari ko’rinishidagi to’lov vositalari) yoki ular foydalanadigan telekommunikatsiya tizimlari operatorlari tomonidan profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan to’lovlarni bank kartalarining to’lov terminallari va / yoki «PAYME», «CLICK» to’lov tizimlari vositasi orqali qabul qilishning imkoniyati mavjud bo’lmaganda Sotuvchi javobgar bo’lmaydi.
6. Tovar va pul mablag’larini qaytarish tartibi
6.1. Sotuvchi tomonidan sotilgan Tovarlarni qaytarish, almashtirish O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tovarlarni qabul qilib olishda, Xaridor qabul qilingan tovarlarning Buyurtmaga muvofiqligi, to’liqligini tekshiradi. Xaridorning Tovarlarning tashqi ko’rinishi va ularning to’liqligi bo’yicha da’volari, Tovar qabul qilingandan so’ng qabul qilinmaydi.
6.2. Tegishli sifatga ega oziq-ovqat mahsulotlari qaytarib olinmaydi.
6.3. Xaridor Sotuvchiga tegishli sifatga ega bo’lmagan Tovarni qaytarish yoki qabul qilmaslik va bunday Tovar uchun to’langan narxni qaytarishni talab qilishga haqlidir. Shuningdek, Xaridor tegishli sifatga ega bo’lmagan Tovarni almashtirishni talab qilishi mumkin.
6.4. Agar Xaridor Tovarni qabul qilishni rad etsa va Tovar uchun to’langan pulni qaytarib berishni talab qilsa, agar ko’rsatilgan summa to’langan bo’lsa, Sotuvchi tomonidan ko’rsatilgan talabnoma yozma shaklda olingan paytdan boshlab 10 (o’n) kun davomida Xaridorga qaytarib berilishi kerak.
6.5. Pul mablag’lari Xaridorga Tovarlarga haq to’lashda qo’llanilganiga o’xshash tarzda qaytarilishi kerak.
6.7. Buyurtmada assortiment bo’yicha buyurtma qilinganiga mos kelmaydigan Tovar aniqlangan holatlarda, Xaridor ushbu Tovar topshirilganda uni rad etish va Buyurtmada ko’zda tutilgan Tovarga almashtirishni talab qilish yoki haqiqatan ham berilmagan Tovar uchun pul mablag’larini qaytarib berishga haqli. Bunday holatlarda, qayta yetkazib berish Sotuvchi hisobidan amalga oshiriladi.
6.8. Assortiment shartlarini buzgan holda Xaridorga topshirilgan Tovarlar Sotuvchiga qaytarilishi kerak bo’ladi. Agar Xaridor ushbu Tovarni qabul qilib olsa, Sotuvchi Xaridordan ushbu Tovar uchun Tovarni topshirish paytida Saytda belgilangan narx bo’yicha haq to’lashni talab qilishga haqlidir. Agar haqiqatan ham topshirilgan Tovar Tovarni topshirish vaqtida Saytda taqdim etilgan Sotuvchining assortimentida mavjud bo’lmasa, ushbu Tovarga Sotuvchi bilan kelishilgan narx bo’yicha haq to’lanadi.
6.9. Tovarni almashtirishning imkoni bo’lmagan holatlarda, Sotuvchi bu haqda Xaridorga Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor tomonidan ko’rsatilgan telefon raqami orqali xabar beradi, topshirilmagan Tovar uchun haqiqatdan ham to’langan pul mablag’lari esa qaytariladi.
6.10. Xaridor tomonidan haqiqatan topshirilmagan Tovarlar uchun to’langan pul mablag’lari, Xaridorning ularni qaytarish to’g’risida yozma talabi olingan va Sotuvchining xodimlari tasdiqlagan kundan boshlab 10 (o’n) kun ichida qaytarilishi kerak.
6.11. Tovarlarni topshirishda Xaridor uning miqdorini Buyurtma bilan muvofiqligini tekshirishga majburdir. Agar Xaridor tomonidan Tovar miqdorida nomuvofiqlik aniqlansa, u ushbu faktni yetkazib berish xizmati xodimi (kuryer) ishtirokida qayd etishi shart.
6.12. Agar Sotuvchi Xaridorga Buyurtmada ko’rsatilganidan kam miqdordagi Tovarni topshirgan bo’lsa, Xaridor Buyurtmani topshirishda, Buyurtmaga mos keladigan qismdagi Tovarlarni qabul qilish va yetishmayotgan tovarlarni yetkazib berishlarini so’rashga yoki yetishmayotgan Tovar qismi uchun Buyurtmani rad etish (agar yetishmayotgan Tovar uchun to’lov amalga oshirilgan bo’lsa) va yetishmayotgan Tovar uchun pul mablag’larini qaytariishini talab qilishga haqlidir.
6.13. Agar yetishmayotgan Tovarni topshirishningh imkoniyati bo’lmasa, Sotuvchi bu haqda Xaridorga Buyurtmani rasmiylashtirishda u tomonidan ko’rsatilgan telefon raqami orqali xabar beradi, yetishmayotgan Tovart uchun haqiqatan to’langan pul mablag’lari qaytariladi.
6.14. Yetishmayotgan Tovarlar uchun Xaridor tomonidan to’langan pul mablag’lari Sotuvchi Xaridor tomonidan pul mablag’larini qaytarish to’g’risida xabarnoma olgan paytdan boshlab 10 (o’n) kun ichida yetishmayotgan Tovar qismi to’g’risidagi belgi bilan birga Buyurtma nusxasi qaytarilishi kerak. Tovarlar uchun to’langan pul summasini qaytarish, Tovarlarga haq to’lashda qo’llanilganiga o’xshash tarzda amalga oshiriladi.
6.15. Agar Buyurtma uchun nakladnoy – tovarga qo’shib yuboriladigan hujjatda Xaridor va yetkazib berish xizmati xodimining yetishmayotgan Tovar to’g’risidagi belgisi bo’lmasa, Sotuvchi Xaridorning topshirilgan Tovarning miqdori yoki sifati bo’yicha da’volarini qondirishni rad etishga haqlidir.
7. Tomonlarning javobgarligi.
7.1. Sotuvchi yetkazib berilishi kerak bo’lgan Tovar tegishli sifatga ega bo’lishi va ushbu turdagi Tovarlarga nisbatan qo’llaniladigan qonun hujjatlarining asosiy talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.
7.2. Sotuvchi Tovardan noto’g’ri foydalanish, saqlash, iste’mol qilish natijasida Xaridorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lmaydi.
7.3. Agar Xaridorning Tovarning iste’mol xususiyatlari va ta’m sifati haqidagi taxminlari oqlanmasa, Sotuvchi javobgar bo’lmaydi.
7.4. Shaxsiy xususiyatlariga qarab, Xaridor Sotuvchining Tovarlarini shaxsan yoki uchinchi shaxslar foydalanishi uchun buyurtma qilar ekan, javobgarlikni o’z zimmasiga oladi va organizmning shaxsiy xususiyatlari yoki unda mavjud qarama-qarshi dalillarga (ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini individual qabul qilmaslik, surunkali kasalliklar, allergik reaksiyalar va boshqalar) bog’liq holda yuz berish ehtimoli mavjud bo’lgan oqibatlar uchun Sotuvchi javobgar bo’lmaydi.
7.5. Xaridor buyurtma qilingan Tovardan tijorat maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatini oladi.
7.6. Agar Xaridor tomonidan yetkazib berish manzili noto’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa, Sotuvchi buyurtmani yetkazib berilishi uchun javobgar bo’lmaydi.
7.7. Sotuvchi (yoki Sotuvchining topshirig’i bo’yicha boshqa shaxs) Internet tarmog’idan foydalanuvchilarga Saytga kirish huquqini taqdim etadi va Saytning to’g’ri ishlashi qo’llab-quvvatlaydi, texnik nosozliklar va uzilishlar yuz bergan holatlarda uning ish qobiliyatini zudlik bilan tiklaydi. Shu bilan birga, Sotuvchi operatsiyani amalga oshirish jarayonida yengilmas kuch oqibatida yuzaga kelgan to’xtab qolishlar yoki uzilishlar, shuningdek telekommunikatsion, komyuter tizimi, elektr tizimi va boshqa o’zaro bog’liq tizimlardagi har qanday holatdagi nosozliklar uchun javobgar bo’lmaydi.
7.8. Sotuvchi Sayt, Mobil ilova va unga xizmat qiluvchi servisning dasturiy va/yoki qurilma kompleksiga ruxsatsiz kirish va/yoki ishdan chiqarishga qaratilgan uchunchi shaxslarning noinsof va/yomon niyat bilan qilingan xatti-harakatlari oqibatida o’z majburiyatlarining bajarilmasligi yoki tegishli tarzda bajarilishi uchun javobgar bo’lmaydi.
7.9. Sotuvchi pul o’tkazish tizimlari, banklar, to’lov tizimlari va ularning ishi bilan bog’liq kechikishlar uchun javobgar bo’lmaydi.
8. Maxfiylik va axborotni muhofaza qilish
8.1. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
8.2. Sotuvchi Xaridorning ushbu Taklif – Oferta shartnomasi shartlariga qo’shilish yo’li bilan ko’rsatilgan roziligi bilan, Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini (shu jumladan: ismi, tug’ilgan sanasi, yetkazib berish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili) qayta ishlash va saqlash huquqiga ega, ularning maxfiyligini ta’minlashi va ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi kerak, ushbu Taklif – Oferta shartnomasi va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
8.3. Sotuvchiga o’zining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali Xaridor o’z oldidagi majburiyatlarini bajarish maqsadida, shu jumladan Sotuvchining ushbu Taklif – Oferta shartnomasi doirasida ularni Sotuvchi tomonidan qayta ishlashga rozilik beradi va Sotuvchi tomonidan tovarlar va xizmatlarni reklama qilish, SMS-so’rovnomalar o’tkazish, marketing aksiyalari natijalarini nazorat qilish, mijozlarni qo’llab-quvvatlash, Tovarlarni xaridorga yetkazib berishni tashkil qilish, Xaridorning qoniqqanligini nazorat qilish, shuningdek, Sotuvchi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilishda ulardan foydalanishga Sotuvchi rozilik beradi.
Subyektning uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik bildirishi ushbu Taklif – Oferta shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
8.4. Ushbu Taklif – Oferta shartnomasi shartlarini qabul qilar ekan, Xaridor Sotuvchi va uning xizmatlariga Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek boshqa dasturiy ta’minot va texnik vositalar yordamida qayta ishlashga rozilik beradi va ruxsat etadi. Xaridor shuni tasdiqlaydiki, uning “Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziman” degan chekboks belgisi Xaridorning barcha shartlari bilan istisnosiz to’liq roziligini anglatishini tasdiqlaydi.
8.5. Sotuvchi Xaridordan olingan shaxsiy ma’lumotlar va axborotlardan quyidagilar uchun foydalanadi:
- o’zining Xaridor oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun;
- Internet-xizmatlar ishini baholash va yaxshilash uchun;
- Xaridor bilan aloqa o’rnatish, shu jumladan xizmat ko’rsatish, shuningdek Xaridordan kelgan so’rovnoma va talablarni ko’rib chiqish maqsadida xabarlar, so’rovnomalar yuborish;
- xizmatlar sifati, ulardan foydalanish qulayligini yaxshilash maqsadida yangi xizmatlar va taomlarni ishlab chiqish;
- statistik va marketing tadqiqotlari, shu jumladan Saytning ishlashi, mahsulot sifati, xizmat ko’rsatish sifati bilan bog’liq tadqiqotlar;
- Xaridorga telefon orqali yoki elektron manzil bo’yicha axborot sms-xabarlar yuborish, shuningdek elektron xatlarni yuborish va jo’natmalarning boshqa shakllari/ma’lumotlar olish uchun;
- marketing tadbirlari o’tkazish, maxsus aksiyalar va tadbirlarda qatnashish uchun reklama xabarlari va takliflar yo’llash;
8.6. Sotuvchi Xaridordan olingan shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.
8.7. Sotuvchi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma asosida Xaridor oldidagi majburiyatlarni bajarish, shuningdek marketing, reklama tadbirlari va tadqiqotlarni o’tkazish maqsadida Sotuvchi tomonidan uning agentlar va uchinchi shaxslarga qaytadan ishlash uchun topshirilishi axborotni oshkor qilish hisoblanmaydi. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan hollarda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish holatlari majburiyatlarni buzish deb hisoblanmaydi.
8.8. Sotuvchi Saytda Xaridor tomonidan ommabop shaklda taqdim etilgan ma’lumot uchun javobgar bo’lmaydi.
8.7. Sotuvchi ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida Xaridor bilan telefon orqali olib borilgan suhbatlarni yozib olishga haqlidir. Shu bilan birga, Sotuvchi telefon orqali suhbatlar paytida olingan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish va / yoki ushbu suhbatlarni buyurtmalarni bajarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan uchinchi shaxslarga uzatishga urinishlarning oldini olish majburiyatini oladi. Ushbu Taklif – Oferta shartnomasi shartlarini qabul qilar ekan, Xaridor Sotuvchi va uning xizmatlariga telefon suhbatlarini yozib olishga ruxsat beradi va rozilik bildiradi.
8.8. Xaridor istalgan vaqtda + 998 95 177-18-89, + 998 71 200-18-89 telefon raqamlari orqali Sotuvchiga qo’ng’iroq qilib, ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili, shuningdek yetkazib berish manzilini ko’rsatgan holda, yoki paul.uzbekistan@gmail.com manzil bo’yicha elektron ko’rinishda xabarnoma yo’llab, o’zining shaxsiy ma’lumotlari ro’yxatini so’rab olish va / yoki o’z shaxsiy ma’lumotlarini o’zgartirish, blokirovka qilish yoki yo’q qilishni talab qilishga haqlidir.
8.9. Sotuvchi olingan ma’lumotlarni to’plash va keyinchalik undan foydalanish paytida shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining barcha qoidalariga amal qilishiga kafolat beradi. Boshqa shaxslarga ma’lumotlarni taqdim etish faqat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibda amalga oshirilishi mumkin.
9. Fors-major holatlari
Tomonlar Shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun fors-major holatlari – yengilmas kuch amal qilishi davomida javobgarlikdan ozod etiladi. Fors-major holatlari – yengilmas kuch deyilganda tomonlarning Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qiladigan favqulodda va yengib bo’lmaydigan holatlar tushuniladi. Bunday holatlarga tabiiy hodisalar: harbiy harakatlar, harbiy tusdagi tadbirlar; ommaviy tartibsizliklar, epidemiyalar (karantin), terroristik harakatlar, ish tashlashlar, tortib olishlar, musodara qilishlar, rekvizitsiya qilish – mol-mulkni davlat ixtiyoriga olish, natsionalizatsiya – xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish va hokazolar kiradi. Bunda hammaga ma’lum bo’lgan voqea-hodisalar hech qanday tasdiqni talab qilmaydi, qolgan voqea-hodisalarga nisbatan tegishli tasdiqlovchi hujjatlar, xususan vakolatli davlat organlaridan olingan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
10. Boshqa shartlar
10.1. Barcha yuzaga keladigan nizolarni Tomonlar muzokaralar yo’li bilan hal qilishga harakat qiladilar. Kelishuvha erishilmaganda, nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sudda ko’rib chiqish uchun yuboriladi.
10.2. Sud tomonidan ushbu Taklif – Oferta shartnomasining biron bir qoidasining haqiqiy emas deb tan olinishi qolgan qoidalarning bekor qilinishiga olib kelmaydi.
10.3. Sotuvchi Xaridor bilan bo’lgan munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berish yoki boshqa yo’l bilan undan voz kechishga haqlidir.
10.4. Ko’rsatilayotgan xizmatlar profilaktika ishlari yoki boshqa ishlar olib borilishi munosabati bilan yoki boshqa biron bir texnik sabablarga ko’ra vaqtincha qisman yoki to’liq taqdim etilmasligi mumkin. Sotuvchining texnik xizmati vaqti-vaqti bilan Xaridorlarni oldindan ogohlantirib yoki ogohlantirmasdan tegishli profilaktika ishlari yoki boshqa ishlarni olib borish huquqiga egadir.
10.5. Foydalanuvchi / Xaridor tomonidan savollar va da’volar yuzaga kelgan holatlarda, Sotuvchiga telefon orqali yoki ushbu taklif – Oferta shartnomasida ko’rsatilgan boshqa har qanday usul bilan bog’lanishga haqlidir.
10.6. Tomonlar ushbu Taklif – Oferta shartnomasi va javoblar, turli xil bildirishnomalar, shu jumladan shartnomani o’zgartirish va bekor qilish bilan bog’liq bo’lgan, oddiy elektron imzo bilan imzolangan, o’z qo’li bilan yozilgan, imzo bilan imzolangan qog’oz hujjatlarni elektron hujjatlarga teng hujjatlar deb tan olishadi. Oddiy elektron imzo - bu Buyurtmani rasmiylashtirishda ko’rsatilgan Xaridorning elektron pochta manzili sifatida ifodalanadi.
10.7. Ushbu Shartlarda ko’zda tutilmagan masalalarda Tomonlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.
11. Sodiqlik dasturi
11.1. 2021 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrda jamg’arilgan sodiqlik dasturi quyidagi shartlar bo’yicha amal qiladi:
11.1.1. Xaridor har bir xarid uchun sotib olingan tovarlar summasining 3 foizini jamg’arma kartasiga (jamg’arma bonus hisob raqami) oladi.
11.2. Jamg’arma karta mablag’lari (jamg’arma bonus hisob raqami) faqat Sotuvchi tomonidan ishlab chiqarilgan Tovarlarga to’lovni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin (Tovarni yetkazib berish xizmatlari uchun to’lov bunga kirmaydi).
11.3. Sotuvchi istalgan vaqtda va o’z ixtiyoriga ko'ra sodiqlik dasturi shartlarini o'zgartirish, shuningdek sodiqlik dasturining amal qilish muddatini to’xtatib qo’yish, uzaytirish, bekor qilishga haqlidir. Bynda Sotuvchi sodiqlik dasturi shartlari va amal qilish muddatlarining o’zgarishi haqida Saytda, Mobil ilova va Telegram- botda ma’lumotlarni joylashtiradi.
12. Sotuvchi tomonidan aksiyalar o’tkazish
12.1. Aksiya o’tkazishdan maqsad – Sotuvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni reklama qilish, sotuv hajmini ko’paytirish va o’z mahsulotlarini O’zbekiston Respublikasi bozorlarida targ’ib qilish.
12.2. Aksiyani o’tkazish muddati Sotuvchining tashabbusi bilan belgilanishi yoki uzaytirilishi mumkin. Aksiya muddati uzaytirilganda, Xaridorlar tegishli ma’lumotlarni Sotuvchining veb-saytiga joylashtirish orqali qo’shimcha ravishda xabardor qilinadilar.