Safia qandolat mahsulotlari tarmogʻi – bu oilaviy korxona, uning tarixi havaskor qandolatchi Muxayo Ayupovadan boshlanadi. Uning mehnatsevarligi va uy pishirigʻiga boʻlgan muhabbati uni 2001-yilda oilaviy oshxona doirasidan tashqariga chiqib, avval qarindoshlari, doʻstlari va qoʻshnilariga sotish uchun pishirishni boshlashga undadi. Turmush oʻrtogʻi Akmal Ayupov Muxayoning ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi va tayyor mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil qiladi.
2007-yilda Muxayo Ayupovaning qizi Madina Akmalovna birinchi uy pishiriqlari doʻkonni ochdi. U muvaffaqiyatli oilaviy tajribadan ilhomlanib, oʻz gʻoyalarini, retseptlarini, yangi taʼmlarini yaratib, amalda tatbiq etadi. Uning pazandalik tajribasi va qandolatchilik mahorati tufayli qandolat mahsulotlari barchalar sevadigan va biladigan narsalarga aylandi: mazali, goʻzal va yuqori sifatli.
Batafsil